Turkiya Respublikasi Atrof-muhit va shaharsozlik vaziri o‘rinbosari Fatma Varank boshchiligidagi delegatsiya Qurilish vazirligiga tashrif buyurdi.
Mehmonlarni vazir o‘rinbosari Nasrullo Boboyev, boshqarma va bo‘lim boshliqlari munosib kutib oldilar.
Muloqotlar davomida qurilishning yaxlit narxini shakllantirish metodologiyasini ishlab chiqish, binolarning energiya samaradorligi pasportini joriy etish masallari muhokama qilindi.
Shuningdek, qurilish loyihalari hamda shaharlarning bosh rejalarini ishlab chiqish va sifatini monitoring qilish kabi masalalar bo‘yicha ham ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha fikr almashildi.