• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Хalqaro hamkorlik

Avg 6, 2021 Posted by: tested Fotolavhalar Xalqaro hamkorlik Yangiliklar

⚡️ Ayni damda Samarqand viloyati qurilish bosh boshqarmasi vakillari Turkiyada bo’lib turibdi. Uchrashuvning ilk kunida Anqara shahrining Kechioren tumanidagi istirohat bog’lari, velosiped yo’laklari, sport maydonchalari, aholi uchun dam olish maskanlari va landshaft dizaynlari bilan tanishildi. Jumladan, Anqara shahridagi “PROYAPI” arxitektura va qurilish loyiha shirkatida me’morlar bilan uchrashuv ham bo’lib o’tdi. Samarqandning “Samtexnostroy invest” MChJ va Turkiyaning “PROYAPIshirkati o’rtasida arxitektura va kommunikatsiya loyihalarini ishlab chiqish bo’yicha memorandum imzolandi.

💫 Turk me’mor va muhandislar uyushmasi vakillari bilan uchrashuvlar davom etmoqda. Uchrashuvning asosiy mavzusi arxitektura-shaharsozlik, obodonlashtirish, madaniy meros obyektlarini saqlash masalalariga bag’ishlanadi.