⚡️Bugun Turk dunyosi muhandislari va arxitektorlari uyushmasi raisi I.Demirji boshchiligidagi delegatsiya Qurilish vazirligiga tashrif buyurdi.
Turkiyalik mehmonlar vazir o‘rinbosari N.Boboyev bilan bir qator masalalarni muhokama qilishdi. Jumladan, TÜRKSOY bosh markazida Mirzo Ulug‘bekni yodga olib” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tgani alohida e’tirof etildi.
2022-yil 21-22-mart kunlari Samarqandda “Navro‘z” bayrami hamda Mirzo Ulug‘bek tavallud kuni munosabati bilan konferensiya o‘tkazilishi ham ta’kidlandi.