Xalqaro hamkorlik...

Qurilish Vazirligi > Yangiliklar > Xalqaro hamkorlik > Xalqaro hamkorlik…
Apr 15, 2021 Posted by: tested Xalqaro hamkorlik Yangiliklar

“Betonni oldindan zo‘riqtirish, armaturalarni mexanik usulda bog‘lash, geotexnika, antiseysmika texnologiyalari va issiqlikni saqlovchi izolyatsion materiallar”

Qurilish vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasining soha mutaxassislari hamkorligida “ZOOM” platformasi orqali o‘tkazilgan onlayn taqdimot ushbu mavzuga bag‘ishlandi.

Unda vazir o‘rinbosari Nasrullo Babayev, Qurilish industriyasini muvofiqlashtirish bo‘limi xodimlari va boshqa mutaxassislar ishtirok etishdi. Respublikamizda qurilish sohasida armaturalarni bog‘lash yangi usul hisoblanganligi sababli loyiha tashkilotlari tomonidan katta qiziqish bildirildi. Taqdimot so‘nggida armaturalarni mexanik usulda (mufta yordamida) bog‘lash texnologiyasini yurtimizda qo‘llash uchun qurilish qoidalari va me’yorlariga tegishli qo‘shimchalar kiritish masalasi Qurilish vazirligi huzuridagi texnik Kengashda ko‘rib chiqilishi tavsiya etildi.