Xalqaro press-klubning "Qurilish sohasida inqilobiy o‘zgarishlar: yuqori sifat va odamlar roziligi" mavzusidagi sessiyasi

Qurilish Vazirligi > Yangiliklar > Videolavhalar > Xalqaro press-klubning “Qurilish sohasida inqilobiy o‘zgarishlar: yuqori sifat va odamlar roziligi” mavzusidagi sessiyasi
Mar 4, 2021 Posted by: tested Videolavhalar Yangiliklar

Qurilish vaziri Botir Zakirov:

Yurtimizda qurilish soni va sifatini oshirish maqsadida oxirgi 3 yilda 17 000 dan ortiq yirik texnikalar chet eldan keltirilgan. Obyektlarni barpo etishda esa kelgusida g‘ishtdan voch kechilib, gazabloklardan foydalaniladi, viloyatlar kesimida ham g‘ishtni kam darajada ishlatadigan qurilish loyihalari qilishga ko‘rsatma berilgan.

 


 

Savol: Bugungi qurilishlar qanday bo‘ladi, bu imoratlarni kimlar quradi?


Qurilish vaziri o‘rinbosari Kozim To‘laganov:

Qurilish jarayonlarini kuzatadigan bo‘lsak, 1986 yilda respublika bo‘yicha 1 mln m2 joyda qurilish ishlari olib borilgan bo‘lsa, hozirgi kunda bu ko‘rsatkich 14 mln m2 dan oshgan, o‘tgan yilda poytaxning o‘zida 5 mln m2 dan ortiq joyda qurilish amalga oshirilgan. 2021 yilning fevral oyida respublika bo‘yicha 193 ta shubhali obyekt tekshirilganda, shundan 185 tasida kamchiliklar aniqlangan, 46 ta obyekt qurilishi esa to‘xtatilgan.