Toshkent shahar qurilish sohasida nazorat inpeksiyasi tomonidan 2021 yilning 22 fevral kuni anhor.uz saytida chop etilgan maqola yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Toshkent Shahar Yunusobod tumani, Markaz-6 mavzesi Sharof Rashidov ko‘chasi, 95-uy yoni manzilida joylashgan “ARABBOY” MCHJga tegishli “Ko‘p qavatli turar joy binolari va avtoturargoh binosi qurilishi” obyekti bo‘yicha Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi loyiha-smeta hujjatlarini kelishish yuzasidan Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organi tomonidan 2018 yil 26 yanvardagi 4/5-sonli xulosasi, “ARH INT Design” MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan ishchi loyiha bo‘yicha “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUKning Toshkent viloyati filliali tomonidan 2019 yil 23 dekabrda berilgan 74/12-19-sonli yig‘ma ekspert xulosasi mavjud. Shu bilan birga Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 maydagi 370-sonli qaroriga asosan Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasini o‘rnatilgan tartibda 2020 yil 7 yanvarda xabardor qilish orqali ro‘yxatdan o‘tgan. Inpeksiya tomonidan ushbu masala yuzasidan tizimli nazorat ishlari o‘rnatilgan.
Hozirgi kunda yer ishlari boshlangan, lekin oxiriga yetkazilmagan. Vaqtinchalik buyurtmachi tomonidan qurilish ishlari to‘xtatilgan.