• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Hududlardan xabarlar

Mar 11, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

‼️Namangan viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan Namangan shahri hududida noqonuniy qurilish obyektlarini aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha navbatdagi monitoring ishlari o‘tkazildi.

💬 “Taxtako‘prikmahallasi hududida “Gavxar stroy-1” MCHJ tomonidan qurilayotgan 9 qavatli turar-joy obyekti o‘rganilganda ishchi loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilmagani va bu hujjatlarga nazorat inspeksiyasining xulosasi olinmagani, shuningdek, hududiy inspeksiyadan ro‘yxatdan o‘tmasdan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirayotgani aniqlandi.

◀️ Aniqlangan qoidabuzarlik yuzasidan inspeksiya mutaxassislari tomonidan quruvchi tashkilot mutasaddilariga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Barcha muammolarni bartaraf etib, inspeksiya ro‘yxatidan o‘tgunga qadar obyektda qurilish-montaj ishlarini to‘xtatish bo‘yicha ogohlantirish xati taqdim etildi.