🗺Margʻilon arxitektura va qurilish texnikumida Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2023-yil 7-martdagi “Professional taʼlim muassasalariga masʼullarni biriktirish toʻgʻrisida”gi 56-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida davra suhbati oʻtkazildi.
Davra suhbatida Qurilish va uy-joy kommunal vazirligining Kompetensiyani rivojlantirish va malakani baholash tizimini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi A.Qo‘ldoshev, Fargʻona viloyati qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari B.Xoʻjamatov, hududiy qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi nazorat inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari Sh.Malikov, Fargʻona viloyati kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi T.Boymatov hamda texnikum rahbariyati, oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari ishtirok etdilar.
☁️ Davra suhbatida texnikum hamda hududiy qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boshqarmasi oʻrtasida kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi hamda tomonlarning vazifalari toʻgʻrisida batafsil fikr almashildi.