❗️Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish va kommunal xo’jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan Kegeyli tumani “Aktuba” OFY hududida buyurtmachi “QUANTIUM TECH” MCHJ tomonidan qurilish-montaj ishlari olib borilayotgan 330 o‘ringa mo‘ljallangan maktabning qurilish obyektida monitoring ishlari o’tkazildi.
*️⃣ Natijada unda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:
– maktab binosining 3-qavatida ikki dona temir-beton kolonnalari sifatsiz bajarilgan;
– beton ishlarini bajarish vaqtida “opalubka”larning noto’g’ri o‘rnatilishi oqibatida kolonnalarning metall armokarkaslari himoya qatlami sifatsiz holatga kelgan hamda qurilish me’yoriy talablariga javob bermaydi.
? Aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan inspeksiya xodimlari tomonidan yozma ko‘rsatmalar berildi va monolit temir-beton kolonnalar buzdirildi.