• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Hududlardan xabarlar

Apr 18, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

❗️Kegеyli tumani “Abat” OFY hududida joylashgan “Bozjap” oilaviy poliklinikasi bundan 25 yil oldin qurilgan edi. Oradan vaqtlar oʻtishi bilan shifokorlik punkti binosi eskirdi.

✅Shifokorlik punktining kapital taʼmirlash ishlari uchun mahalliy byudjet hisobidan 483 million soʻm mablag’ ajratildi. Natijada punktning qurilish-taʼmirlash ishlari tez suratlarda olib borilib, sifatli yakunlandi. Bugungi kunda uning har bir xona va boʻlimlaridagi yaratilib berilgan qulayliklar, zamonaviy uskunalar, yumshoq mebellar nafaqat shu yerda ishlovchilarning, balki tashrif buyurayotganlarning ham koʻzlarini quvontirmoqda.

▶️Zamonaviy koʻrinish va imkoniyatlarga egaligi bilan yangidan faoliyat boshlagan “Bozjap” oilaviy shifokorlik punkti shu hududdagi 1 500 dan ziyod fuqaroga tibbiy xizmat koʻrsatmoqda.