“Konstitutsiya bizniki, barchamizniki! Unda boʻlayotgan oʻzgarishlar va qoʻshimchalar esa vatanimiz, jamiyatimiz, har birimizning hayotimizda yangi sahifalar ochishi aniq!”
? Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga bagʻishlangan targʻibot tadbirida shu singari ishonch bilan yangragan fikrlar koʻp boʻldi.
*️⃣“Konstitutsiya – mening taqdirimda” mavzusidagi ushbu tadbirda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi masʼullari hamda qator mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan umumxalq muhokamasi asosida qabul qilinishi koʻzda tutilgan va yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati tushuntirildi, xususan, taʼlim sohasiga oid oʻzgartirishlar haqida batafsil maʼlumot berildi.
Yangi Oʻzbekistonni barpo etishdek oliy maqsad yoʻlida yangilanayotgan Konstitutsiyamiz xalqning takliflari, istak-xohishlari ifodasi ekani, uning avvalo inson qadri, huquq va erkinliklarini himoya qilish, yurt taraqqiyotidagi oʻrni xususida fikr-mulohazalar bildirildi. Tadbir ishtirokchilarini xalqimiz taqdiri va ertangi kunini belgilab beradigan tarixiy Qonunga befarq boʻlmaslikka va referendumda faol ishtirok etishga chorlandi.