➡️ Qishloq va mahallalardagi infratuzilma bilan bog’liq eng dolzarb masalalarni hal etishga yo’naltirilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 408-sonli qarorining ijrosi Farg’ona viloyatida ham jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda.
Xususan, viloyatning Beshariq tumanida joylashgan 40 ta mahalladagi ichki yo’llar, ichimlik suvi, elektr energiyasi va gaz ta’minoti, ijtimoiy soha obyektlari bilan bog’liq bo‘lgan muammolarni bartaraf etish, fuqarolarga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qator ishlar olib borilmoqda.
Farg’ona viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasidagi nazorat inspeksiyasi tomonidan mazkur mahallalardagi qurilish-montaj ishlarining belgilangan meʼyorlar asosida amalga oshirilayotganligi o‘rganildi.
Shuningdek, obyektlarning:
• shaharsozlik normalariga mosligi;
• sifati va texnik reglamentlari;
• ishlatilayotgan qurilish materiallari hamda buyumlarni ochiq va yopiq omborlarda saqlash;
• atrof-muhit xavfsizligi talablariga rioya etilishi kabi holatlar oʻrganilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan pudratchi tashkilotlarga tegishli koʻrsatmalar berildi.