• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Hududlardan xabarlar

Apr 5, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

? Maʼlumki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda aholiga munosib turmush sharoitlarini yaratish yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Davlatimiz rahbarining PQ-408-sonli qaroriga asosan viloyatda ulkan bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.

? Buni Qiziltepa tumanining birgina “Oboddiyor” mahallasidagi aholi xonadonlarini ichimlik suvi bilan taʼminlanish darajasini oshirish va ichimlik suvi taʼminoti uzluksizligini taʼminlashga qaratilgan qurilish ishlari misolida ko‘rishimiz mumkin.

Mazkur mahalla hududida “Navoiyqishloqqurilish” MCHJ pudrat tashkiloti tomonidan loyiha asosida 29,8 km uzunlikdagi ichimlik suv tarmog‘ini tortish hamda yangidan 1 ta suv inshooti, 500 metr kub sig‘imga ega 2 ta suv rezervuarlarini qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Buning natijasida mahalladagi 408 ta xonadon to‘liq toza ichimlik suvi bilan taʼminlanishi ko‘zda tutilgan.