⚠️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi 408-sonli qaroriga asosan aholi farovon yashashi uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berish maqsadida Sayxunobod tumani mahallalaridagi 13 ta ko‘chada jami 9,6 km uzunlikdagi asfalt yotqizish ishlari rejalashtirilgan edi. Bugungi kunga kelib “Shodlik” mahallasida 2,9 km hamda “Ittifoq” mahallasida 6,7 km uzunlikdagi asfalt yotqizish ishlari to‘liq nihoyasiga yetkazildi.
Shuningdek, aholini to‘liq toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida Sayxunobod tumani hududidagi 3 ta mahallaning 17 ta ko‘chasida yangi ichmlik suvi quvurlarini tortish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda “Paxtaobod” mahallasida 7.4 km hamda “Paxtakon” mahallasida 4.6 km uzunlikdagi suv quvurlari tortilgan. Mazkur jarayonda yakuniy bosqich ishlari amalga oshirilayotgan bo‘lib, tez orada aholi ehtiyoji qondiriladi.