• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Hududlardan xabarlar

Apr 12, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

🔎 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi PQ-408-sonli qaroriga asosan Yangi Namangan tumanida ham keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlari boshlab yuborilgan. Xususan, tumandagi “Axsikent” mahallasining “Saxovat 3” ko‘chasidagi aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, yo‘llarni soz holatga keltirish hamda elektr taʼminotini yaxshilash masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan.

🫥 Shuningdek, Yangi Namangan tumani “Yoshlik”, “Mingterak” mahallalaridagi ko‘chalarda ham asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida tuzilgan ishchi guruh tomonidan yo‘llarni sifatli taʼmirlanishini nazorat qilish, ichimlik suvi, elektr va gaz taʼminotlaridagi kamchiliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf etilishi bo‘yicha zaruriy topshiriqlar berildi.