📔 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-408-sonli qaroriga asosan Namangan tumanida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlari doirasida aholini ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash masalasiga ham alohida ahamiyat berilmoqda.
Xususan, Namangan tumanining Bo‘ston mahallasidagi “Bo‘ston-1”, “Bo‘ston-2” , “Shodiyona” va “Shukrona” ko‘chalarida “Olmos Uychi” MCHJ tomonidan 12 km uzunlikdagi ichimlik suv tarmog‘i tortilib, 1 ta suv inshooti qurilmoqda.
Shuningdek, “Olaxamak” mahallasidagi “G‘uncha”, “Ziyokor” va “Nurafshon” ko‘chalarida istiqomat qiluvchi aholining ham quvonchi cheksiz. Chunki mahallaga suv tarmog‘ini tortish bilan bir qatorda yaroqsiz holatga kelgan eski yo‘llarda asfaltlash ishlari amalga oshirilmoqda.