• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Hududlardan xabarlar

Apr 27, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

❗️ Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan og‘ir ahvoldagi uy-joy mulkdorlari shirkatlarini boshqaruv servis kompaniyalariga o‘tkazish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Unda mutasaddilar, shirkat va boshqaruv servis kompaniya vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda tuman boshqarma xodimlaridan tarkib topgan ishchi guruh aʼzolari tomonidan ko‘p kvartirali uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar va shirkat raislariga boshqaruv servis kompaniyalarining qulaylik va afzalliklari, shaffof tanlov asosida shirkatlarni bosqichma-bosqich boshqaruv tashkilotlariga biriktirib borilishi to‘g‘risida atroflicha maʼlumotlar berildi. Shuningdek, ko‘p kvartirali uylarda istiqomat qiluvchi aholi bilan mavzu doirasida suhbatlar olib borildi.