✔️ Davlatimiz rahbarining “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni asosida Surxondaryo viloyatining toʻrtta hududi, Angor, Jarqoʻrgʻon, Sariosiyo va Boysun tumanlarida “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini bunyod etish ishlari boshlangan edi. Aytishimiz kerak, ushbu massivlarda jami 1 ming 600 xonadondan iborat koʻp qavatli uylar, ijtimoiy soha obyektlarini joylashtirish rejalashtirildi. Va ayni paytda qurilishi yakunlangan uylar oʻz egalariga topshirilmoqda.