🏗2022-2023-yillarda Nukus tumanini jadal rivojlantirish maqsadida qurilish, sanoat, xizmat koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi sohalarida jami 513,1 mlrd so‘mlik 34 ta loyiha ishlab chiqilgan edi.
✅Buning natijasida 2070 yangi ish o‘rinlari yaratilib, kam ta’minlangan ayol-qizlar bandligini taʼminlash nazarda tutilgan. Ushbu loyihalar asosida tumandagi “Qirantaoʻ” ovul fuqarolar yigʻini hududida “AQMANGʻIT KAMALAK INVEST” MCHJ tomonidan umumiy qiymati 5,4 mlrd soʻmlik korxona qurilishi boshlangan edi. Bugungi kunga kelib 100 nafar ishchi o‘rniga moʻljallangan tikuvchilik korxonasi qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi.
➡️Shuningdek, korxonaga qabul qilingan ishchilarni oʻqitish, tajribalarini oshirish maqsadida Turkiya davlatidan tajribali mutaxassislar biriktirilgan. Kelgusida korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan faqat ichki bozorlarimizni ta’minlab qolmasdan, tashqi bozorlarga eksport qilinishi ham rejalashtirilgan.