📌 Qashqadaryo viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan viloyat hududida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qurilayotgan noqonuniy obyektlarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha navbatdagi monitoring oʻtkazildi.
Monitoring davomida Qarshi shahri “Beklar” MFY hududida buyurtmachi-pudratchi tashkilot “Pahlavon Trans” MCHJ tomonidan 5 qavatli birinchi qavati savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shaxobchasi qolgan qavatlari turar-joy binosi qurilishi noqonuniy ravishda amalga oshirilayotganligi aniqlandi. Shuningdek, obyekt qurilishida “Pahlavon Trans” MCHJ tomonidan qator qonun buzilish holatlariga yoʻl qoʻyilgan.
Jumladan:
– loyiha-smeta hujjatlariga ekspertiza tashkilotining yigʻma ijobiy ekspertiza xulosasi olinmagan;
– obyekt qurilishi hududiy nazorat inspeksiyasidan roʻyxatdan oʻtkazilmagan;
– qurilish obyekti atrofi vaqtinchalik himoya to’sig‘i bilan o‘ralmagan.
– qurilish obyektida ishchi xodimlar tomonida texnika xavsizligi qoidalariga amal qilinmagan.
Inspeksiya mutaxassislari tomonidan “Pahlavon Trans” MCHJ rahbariyatiga obyekt qurilishi uchun ruxsat beruvchi shaharsozlik hujjatlarini toʻliq rasmiylashtirib, inspeksiyadan roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha talabnoma berildi.
Obyektda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar barcha turdagi qurilish-montaj ishlarini vaqtincha to’xtatildi.