• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Hududlardan xabarlar

May 13, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

🏥 Zomin tumanida tibbiyot sohasiga alohida e’tibor bilan qaralib, so‘nggi vaqtlarda bir qancha samarali ishlar amalga oshirilyapti. Jumladan, yaqinda ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

📌 Tadbir ishtirokchilari mazkur markaz nafaqat Zomin tumani, balki qo‘shni tumanlar aholisi uchun ham alohida ahamiyatga egaligi, yangi majmua zamonaviy tibbiy texnologiyalar bilan jihozlanganini ta’kidlashdi.

📎 Aytish joizki, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan bu inshoot Prezidentimizning 2021-yil 2-apreldagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 8 milliard 347 million so‘m mablag‘ evaziga bunyod etildi.

🗂 Bu kabi xayrli ishlarga tumanda alohida e’tibor qaratilyapti. Jumladan, 2021-yilda 2 milliard 350 million so‘m mablag‘ evaziga tibbiyot birlashmasi tarkibida “Tez tibbiy yordam” bo‘limi binosi, 11 milliard so‘mga 40 o‘rinli Perinatal markazi hamda 1 milliard 500 millionga Dashtobod shahar shifoxonasining 60 o‘rinli bosh davolash binolari zamonaviy loyihalar asosida qurib bitkazildi. Shuningdek, chekka hududlar aholisi uchun mahalliy byudjet hisobidan Qoramozor, Peshog‘or, Duoba, Istiqlol mahallalarida birlamchi tibbiyot maskanlari faoliyati qayta tiklandi.