• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Hududlardan xabarlar

May 16, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

🏗Samarqand viloyatida renovatsiya va uy-joylar dasturlari asosida shaharlarda eskirgan uylar o‘rniga zamonaviy uy-joylarni barpo etish borasida samarali ishlar olib borilmoqda

✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-16-aprel kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi davomida va viloyat faollari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda bergan topshiriqlari bo‘yicha kelgusi yillarda Samarqand shahrining vokzal orti hududidagi 256 gektar maydonda 3 mingga yaqin eski hovlilar o‘rnida 100 mingdan ortiq aholi uchun hamda “Shirin” massivida 295 gektar maydonda 1892 ta turar-joy hamda noturar bino inshootlar, shuningdek, bo‘sh yer uchastkalari o‘rnida (shundan 30-40 foizida aholi istiqomat qiladi) 90 ming nafar aholiga mo‘ljallangan zamonaviy shaharcha, istirohat bog’i va dam olish maskanlari barpo etish belgilangan.

➡️Bugungi kunda ushbu massivlarning ishlab chiqilgan bosh rejalarida zamonaviy turar-joylar, ijtimoiy soha obyektlari, bozor infratuzilma va xizmat ko‘rsatish obyektlari, yo‘l-transport va muhandislik-kommmunikatsiya tarmoqlari, biznes markazlari hamda yashil hududlar, turli ko‘ngilochar hamda dam olish maydonlari tashkil etish nazarda tutilgan.

🏗Jumladan, “Shirin” massivida 451 ta ko‘p qavatli jami 42585 ta xonadonli zamonaviy turar-joylar, 6 ta 1800 o‘rinli maktablar, 14 ta 300 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasalari, 8 ta 100 qatnovli shifoxonalar, 59 ta jamoat va xizmat ko‘rsatish binolari qurilishi, vokzal orti hududida 315 ta ko‘p qavatli jami 9450 ta xonadonli zamonaviy turar-joylar, 5 ta 1400 o‘rinli maktablar, 8 ta 300 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasalari, 4 ta 100 qatnovli shifoxonalar, 12 ta jamoat binolari va xizmat ko‘rsatish binolari qurilishi rejalashtirilgan.

✔️Bugungi kunda “Shirin” massividagi bino va inshootlarni qonunchilikda belgilangan tartibda davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olish bo‘yicha tovon to‘lovlarini amalga oshirish ishlari olib borilmoqda.