• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Hududlardan xabarlar

May 18, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

🏗2022-2026-yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-172-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi shahar va tumanlari miqyosida turli sohalar bo’yicha 51 ta obyekt tanlab olindi.

Jumladan, 8 ta maktab, 9 ta maktabgacha taʼlim muassasalari, 4 ta tibbiyot sohasi va 30 ta ichimlik suv taʼminoti hamda oqova suv tizimi obyektlari bo’yicha taklif etilgan loyiha hujjatlari “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali tomonidan har tomonloma o’rganib chiqilib, ekspertizadan o’tkazildi.

➡️Ekspertiza xulosalariga koʻra qurilish obyektlari bo’yicha loyihalash tashkilotlari tomonidan taklif qilingan umumiy mablagʻdan 368 million 400 ming soʻmga yaqin pul iqtisod qilinishiga erishildi. Belgilangan obyektlarda qurilish ishlarini boshlashning navbatdagi bosqichlari davom etmoqda.