?Surxondaryo arxitektura va qurilish texnikumida “Biz kelajakni bilimli yoshlar bilan birga quramiz” mavzusida Respublika o’quv-uslubiy seminari bo’lib o’tdi. Seminarda texnikum talabalari qilgan ijodiy loyihalarini ko’rgazmali tarzda namoyish etdi va fan o’qituvchilari o’quv me’yoriy hujjatlarining yuritilishi bõyicha taqdimot qilishdi. Seminarda Qurilish vazirligi ta’lim muassasalari foliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig’i A.Qo’ldashev boshchiligida vazirlik tarkibidagi barcha texnikum va kollej mas’ullari ishtirok etishdi.