Hududlardan xabarlar

Qurilish Vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > Hududlardan xabarlar
Fev 28, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

❗️ 2021-yil 26-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Andijon davlat tibbiyot instituti va uning klinikasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisi”gi qaroriga muvofiq institut klinikasini qayta taʼmirlash ishlari boshlangan.

🏗 Hozirda klinikada qurilish bunyodkorlik ishlari jadal suratlarda olib borilmoqda. Bir yil muddat ichida yangidan bunyod etilayotgan institut klinikasi kelgusida nafaqat Andijon viloyati aholisiga, balki butun vodiy ahliga tibbiy xizmat koʻrsatadi. Yurtdoshlarimiz murakkab jarrohlik amaliyotlari uchun poytaxtga yoki chet elga bormay mazkur klinikada davo topadilar.