Kuni kecha Qashqadaryo viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi xodimlari, Qashqadaryo viloyati ma’muriy ishlar bo‘yicha sudi hamda Qarshi shahar IIO FMB inspektori ishtirokida seminar o’tkazildi.
➡️ Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-iyuldagi 431-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida yagona elektron ish yurituv tizimi orqali ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlarni yuritish tartibi haqida”gi Nizom ijrosini ta’minlash orqali qurilish obyektlarida sifat nazorati, strategik obyektlarni o‘z vaqtida va talab darajasida foydalanishga topshirish ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish juda katta ahamiyatga ega ekanligi alohida ta’kidlandi.
?Seminar qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan kerakli javoblarni oldilar.