🔰 Surxondaryo viloyati qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazida “Yangi O’zbekistonning yangi Konstitutsiyasi” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.
⚡️Unda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati B.Madiyev hamda soha vakillari ishtirok etdi. Tadbirda Bosh Qomusimizning davlat va jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni va ahamiyati haqida so‘z bordi.
🔴Xususan, konstitutsiyaviy qonun loyihasi qomusimizning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutadi. Bundan tashqari, 6 ta yangi modda bilan 16 ta yangi norma kiritilmoqda.
✅Muloqotda barcha soha mutaxassislari tomonidan joylarda aholi bilan bo‘layotgan suhbatlarda zarur takliflar o‘rganilishi, barcha tarmoqlar rivoji uchun asos bo‘ladigan tashabbuslar ishlab chiqilishi zarurligi aytib o‘tildi. Qatnashchilarning konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan fikr-mulohazalari va takliflari yozib olindi.