❗️ Xorazmda ”Yangi Oʻzbekiston” massivlarini qurish doirasida 3 ta massiv tanlangan boʻlib, 2022-2026-yilllarda 27 gektar yer maydonida, 2 382 ta xonadonli, 108 ta koʻp qavatli uy-joylarni bunyod qilish maqsad qilingan.
🏗Nafaqat uy-joylar balki, oʻziga xos ijtimoiy infratuzilma ham paydo boʻladi bu yerda. Masalan, 990 oʻrinli umumtaʼlim maktablari, 720 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkilotlari, tibbiyot muassasalari va boshqa obyektlar ham qurilib bitkaziladi. Birgina shu yilning oʻzida “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida 488 ta xonadonli, 22 ta koʻp kvartirali uy-joylar va 2 ta ijtimoiy soha obyektlarini foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
✅Hududning tabiiy-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda, massivlarda daraxtlar ekish va koʻkalamzorlashtirish ishlariga alohida eʼtibor qaratiladi. Xususan, Xorazm viloyatining Xonqa tumanida bu jihatlarni yaqqol koʻrish mumkin.