• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Hududlardan xabarlar

Avg 1, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

📎Qadimiy, buyuk ipak yoʻlida joylashgan Karmana tumani Navoiy viloyatining 950 kv km hududini egallagan va bu yerda 133 000 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Soʻnggi yillarda Respublikamizning barcha hududlari qatori karmanaliklarning ham uy-joy masalasidagi muammolari ijobiy yechim topmoqda. Xususan, 2017-2021-yillarda tumanda 22 ta massivda 1429 ta uy-joylar qurilib foydalanishga topshirildi. Birgina yangidan tashkil etilgan “Zarafshon” MFY misolida oladigan boʻlsak, hududda 10 ta 5 qavatli uy qurilib, bular 200 ta oilaga subsidiya asosida foydalanishga topshirildi.

❗️16 yil oʻz uyi boʻlishini kutib, qaynonasi xonadonida yashagan Togʻayevlar oilasi barcha sharoitlarga ega zamonaviy, keng va shinam uyga koʻchib oʻtganidan xursand. Karmana tumanida uy-joyga muhtoj boʻlgan oilalar soni 2,5 mingtani tashkil etadi va mazkur aholining 1,5 mingtasi toʻlov qobiliyatiga ega. Inson qadri va manfaati ulugʻlangan yurtimizda qurilish va bunyodkorlik ishlari jadal davom etayotgan ekan, hali yana koʻplab oilalarga bunday baxt kulib boqadi. Islohotlar samarasi Karmana tumanida ham boʻy koʻrsatib, hududdagi 21 gektar yer maydonida “Yangi Oʻzbekiston” massivi bunyod etilmoqda.

🏗2022-2026-yillarga moʻljallangan bunyodkorlik ishlari tarkibida 1 tadan 1056 oʻrinli umumtaʼlim maktabi, 120 oʻrinli MTT, 100 qatnovli oilaviy poliklinika, MFY, madaniyat uyi, sunʼiy qoplamali futbol maydonchasi, bozor, dorixona va maishiy xizmat koʻrsatish binosi, 2 tadan umumiy ovqatlanish hamda savdo markazlarini qurilishi ham rejalashtirilgan. Massiv hududida bir qator ijtimoiy ishlab chiqarish, bozor infratuzilmasi va maishiy xizmat koʻrsatish loyihalarini amalga oshirish hisobiga 200 ga yaqin yangi ish oʻrni yaratiladi.

✔️Shuningdek, massivga yaqin hududda 564 gektarli “Navoiy” EIZ joylashgan boʻlib, hozirda boʻsh turgan 250 gektar yer maydonidan unumli foydalanish maqsadida 2022-2023-yillarda umumiy qiymati 113 mln dollar boʻlgan 12 ta loyiha amalga oshiriladi. Natijada ishlab chiqarish koʻlami kengayishi barobarida 1337 ta yangi ish oʻrni ham yaratiladi.