⚡️Mamlakatimizning janubiy darvozalaridan biri Buxoro viloyati markazidan qariyb 80 kilometr uzoqlikda joylashgan Olot tumani bugun tamomila yangicha qiyofa kasb etmoqda. Tumanda kim bilan muloqotda boʻlmang, ular bugungi oʻzgarishlar haqida toʻlib, toshib gapiradi. Barpo etilayotgan ”Yangi Oʻzbekiston” massivi ayni paytda chekka hudud aholisiga oʻzgacha gʻurur, oʻzgacha iftixor bagʻishlayapti.
🌀2020-yil talofat girdobida qolgan Olotda ikki yil ichida shunday bunyodkorlik ishlari amalga oshiriladi, aholining turmush farovonligi shu darajada yaxshilanadi, desa koʻpchilik ishonmagan boʻlishi tabiiy. Ammo qisqa fursat ichida shaxsan Davlatimiz rahbarining eʼtibori natijasida xayrli ishlarga qoʻl urildi.
📌Shu oʻrinda baʼzi bir raqamlarga eʼtiboringizni qaratmoqchimiz. Prezidentimizning “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Olot tumanida jami 300 ta koʻp qavatli kvartiralar qurilishi belgilangan edi. ”Qishloq qurilish invest” buyurtmachiligida 2020-yilda 5 ta 5 qavatli 200 xonadonga, 2021-yilda 5 ta 5 qavatli 100 ta xonadonga moʻljallangan 2 va 3 xonali uy-joylar qurilishi toʻliq nihoyasiga yetkazildi. Natijada 300 ta oila ”Xalifa’z mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan ”Yangi Oʻzbekiston” massivida yangi xonadonga ega boʻldi. Hozirgi vaqtda ushbu hudduda yana 20 ta 5 qavatli 300 xonadonli uy-joylarning barchasida qurilish ishlari davom etmoqda.
🏢Uy qurildi, degani yashash uchun imkoniyat paydo boʻldi, degani emas. Albatta, bu massivda 1.3 km elektr taʼminoti, 400 metr gaz, 1.6 km yoʻl, 2.3 km kanalizatsiya, 1 kilometrga yaqin oqova suv tarmoqlari ham tortilib, haqiqatan ham hudud obod maskanga aylantirildi.
💫Bu yerda nafaqat inson maʼnaviy ozuqa olishi, balki madaniy merosimizning nodir durdonalarini keng targʻib qilish yoʻlidagi saʼy-harakatlarni koʻrib zavqlanishi mumkin. Boshlangan ezgu saʼy-harakatlar ortidan aholi bandiligini taʼminlashga ham munosib hissa qoʻshilmoqda.
🖇Olotda maktabgacha taʼlim tashkilotlari qamrovi ayni paytga kelib 70 foizdan oshdi. Vaholanki, bu koʻrsatkich bundan 3 yil avval 7 foizni tashkil qilar edi.
▶️Shundoqqina yangi massivga tutash joyda aholi bandligini taʼminlash masalalari ham eʼtibordan chetda qolmagan. Hududiy investitsiya loyihalariga qoʻshimcha ravishda shakllantirilgan “Parvoz Quruvchi” MCHJ tomonidan umumiy qiymati 1,5 mln AQSH dollarni tashkil qilgan “Tikuvchilik-tayyor mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasi asosida bugungi kunda bino, inshootlari toʻliq tiklangan hamda 160 dan ortiq tikuv asbob-uskunalari keltirilib, oʻrnatilgan majmua ham deyarli ishga tushish arafasida. Loyiha amalga oshirilgach, 400 nafardan ortiq xotin-qizlar ish bilan taʼminlanadi.