• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Hududlardan xabarlar

Avg 17, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

✅Prezidentimizning 2019-yildagi “Qurilish sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga asosan qurilish vazirligi faoliyatida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimini joriy etildi.

➡️Namangan viloyati qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi inspektorlari tomonidan texnik nazoratchi, mualliflik nazorati, ichki nazorat va prorab xodimlariga milliy axborot tizimi faoliyatiga oid oʻn besh kunlik oʻquv-amaliy seminarlar tashkil etildi.

🔴Tinglovchilarga avtomatlashtirilgan axborot tizimi, axborot resurslari va maʼlumotlar bazalarini yaratish, rivojlantirish hamda qoʻllab-quvvatlash, qurilish sohasida axborot xavfsizligini taʼminlash, qurilish jarayonini monitoring qilish, “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish va shaffoflikni taʼminlash boʻyicha tushuntirishlar berildi.

🟢Seminar yakunida tinglovchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob olishdi.