• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Hududlardan xabarlar

Okt 21, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

📍Qoraqalpogʻiston Respublikasi qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan joylarda noqonuniy qurilishlarga yoʻl qo‘ymaslik bo‘yicha keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda.

⚠️Lekin shunga qaramasdan joriy yilning ushbu davrigacha Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlar tomonidan olib borilayotgan noqonuniy qurilishlar bo‘yicha 79 ta holat aniqlandi. Mazkur holatlarga Nukus shahri, Beruniy, Qora oʻzak, Chimboy, Nukus va Bo‘zatov tumanlarida duch kelingan. Natijada nazorat inspeksiyasi tomonidan MJtK 99-moddasi 7-qismi asosida materiallar tegishli Maʼmuriy sudga yuborilgan va 22 ta noqonuniy qurilish olib borgan shaxslarga jami 75 mln 180 ming soʻm jarima solingan.