Sho‘rchi tumanidagi “Hayrabod”, “Bobur”, “Navro‘z”, “Bobotog‘”, “Oftob Makon”, “Qo‘sh tegirmon”, “Guliston” “Oqqo‘rg‘on”, “Yosh G‘ayrat”, “Sovurtepa” va “Ko‘klam” MFY hududlaridagi 44 ta ko‘p kvartirali uy-joylarda joriy taʼmirlash ishlari boshlab yuborilgan bo‘lib, ushbu taʼmirlash ishlariga “Sho‘rchi kommunal servis xizmati” BSK tomonidan xizmat ko‘rsatib kelinadi.
Aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida bugungi kunda BSK tomonidan ko‘p qavatli uylarning fasad qismi, kirish yo‘laklari qayta taʼmirlanib, uyning tom va yerto‘lalaridagi kamchiliklar bartaraf etilmoqda. Shuningdek, kirish qismlaridagi framuga oynalari butlanib, atrof-hududni obodonlashtirish uchun aholi bilan birgalikda harakat qilinmoqda.