• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Hududlardan xabarlar

Noyabr 15, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

NURAFSHONDA NAMUNAVIY LOYIHALAR ASOSIDA “NURONIYLAR MASKANI” QURILISHIGA START BERILDI

? Toshkent viloyati Nurafshon shahri markazida namunaviy loyihalar asosida “Nuroniylar maskani” qurilishiga start berildi. Mazkur majmuada nuroniylar uchun dam olish, shaxmat-shashka, sport-sog’lomlashtirish, tibbiyot xonalari, choyxona tashkil etiladi. Boy kitob fondiga ega kutubxona ham faoliyat ko’rsatadi.

? Viloyatimizda 340 mingdan ziyod nuroniylar istiqomat qiladi, – deydi viloyat “Nuroniy” jamg’armasi raisi F.Omonov. Ayni paytda katta hayotiy tajribaga ega faxriylarimiz ijtimoiy hayotda, ayniqsa, yoshlar tarbiyasida faol ishtirok etmoqda. Barcha tuman va shaharlarda tashkil etilayotgan “Nuroniylar maskani” esa bu borada ularning imkoniyatlaridan samarali foydalanishga xizmat qiladi.

?Ma’lumot o’rnida aytish mumkin, mazkur maskan qurilishi uchun jami 3, 5 milliard so’mdan ortiq mablag‘ sarf etilishi ko’zda tutilgan. Buning uchun viloyat mahalliy byudjetining 2022-yil III chorak yakuni bilan shakllangan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismidan 1 yarim milliard so’m mablag’ yo’naltirilgan bo’lsa, qolgan qismi “Olmaliq KMK” AJ homiylik yordamlari hisobidan amalga oshirilmoqda.