⚠️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5040-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
➡️Shu haftada Qoraqalpogʻiston Respublikasining 3 ta Mo‘ynoq, Taxiatosh, Nukus tumanlarida Manaviyat va ma’rifat markazlari binosi yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi.
⚡️ Zamonaviy loyihalar asosida qurib, bitkazilgan markazda kitobsevarlar uchun kutubxona, turli xil tadbirlar o‘tkazishga moʻljallangan majlislar xonasi va boshqada yoʻnalishlar bo‘yicha xonalar ajratilgan. Markazlarning ochilish marosimida homiylar tomonidan kitoblar sovgʻa qilindi.
? Manaviyat va maʼrifat markazlarini Qoraqalpogʻistonning barcha shahar va tumanlarida tashkil etish rejalashtirilgan va binolarning qurilish ishlari davom etmoqda.