🟢Bugungi kunda Nukus shahrining barcha hududlarida katta o‘zgarishlar yuz bermoqda. Yangidan zamonaviy loyihalar asosida qad ko‘tarayotgan ko’p qavatli binolar shahar ko’rkiga ko’rk qo’shyapti.
✔️Ayni kunlarda shahardagi A. Shamuratova va S. Kamolov ko’chalari kesishmasida “IT Park” binosining qurilish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, “IT Park” binosi atrofida restoranlar, bank, konsalting, bosmaxona, media studiya, katta va kichik konferensiya zallari, biznes ofislar bo’lishi ko’zda tutilgan.
🏗Keng ko’lamli qurilish ishlarida buyurtmachilik vazifasi “NUKUS CITY” DUKga yuklatilgan. Jumladan, qurilish-montaj ishlariga bosh pudratchi qilib, “UY-JOY QURILISH” MChJ tayinlangan. Hozirgi kunda obyektning barcha qavatlarida monolit-beton quyish ishlari to’liq tugallandi.