🔴 Qarshi shahridagi “Nuriston” MFYda joylashgan ko‘p qavatli 16A-uyning yerto‘lasida suv quvurlarining muzlab yorilishi natijasida aholi suvsiz qolgan edi.
Tezkor guruh mutaxassislari tomonidan suv quvurlari yangilanib, hozirda 24 ta xonadon ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlandi.