📍Sariosiyo tumanining “Lutfikor” mahallasi hududida qurilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi
Loyiha hududida 19 ta ko‘p qavatli turar-joy binolari qurilishi belgilangan bo‘lib, ushbu binolarning bittasida qurilish ishlari to‘xtab qolgan.
Bundan tashqari muhim infratuzilma obyektlari, jumladan, maktab, bog‘cha, tibbiyot muassasasi ham qurilishi rejalashtirilgan.
Mas’ullar tomonidan mazkur qurilish obyektini qayta savdoga chiqarish masalasini sud tartibida ko‘rib chiqilishi bo‘yicha vazifalar belgilandi.
✅ Shuningdek, qurilish ishlarini sifatli bajarish, kuni-kecha Angor tumanida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, turar-joy binolarini barcha qulayliklarga ega bo‘lishiga e’tibor qaratish lozimligi alohida ta’kidlandi.