• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Hududlardan xabarlar

Yanvar 26, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

↖️ Namangan viloyati Chust va Pop tumanlarida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivlarida issiqlik qozonxonalarini qurish va tarmoq tortish ishlari boshlab yuborildi.

Xususan, Chust tumani “Gulzor” MFYda qurilishi rejalashtirilgan ko‘p qavatli uylarni markaziy issiqlik taʼminoti bilan taʼminlash uchun quvvati jami 4 800 kVt bo‘lgan modulli qozonlarni o‘rnatish rejalashtirilgan. Jarayonning birinchi bosqichida 3 000 kVt, ikkinchi bosqichida esa 1 800 kVt bo‘lgan qozonlar o‘rnatilib, 2,6 km uzunlikdagi issiqlik tarmoqlari tortiladi.

➡️ Shuningdek, Pop tumanidagiMirishkor” MFYda quvvati 8 500 kVt bo‘lgan qozonlar o‘rnatish va 4,8 km uzunlikdagi markaziy issiqlik tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan. 2022-yilda boshlangan 1 200 kVt qozonxona o‘rnatish va 1,6 km uzunlikdagi issiqlik tarmoqlarini tortish ishlari davom etmoqda.