▶️Koʻp qavatli uylarning kirish qismida issiqlik yoʻqotilishini oldini olish muhim omil hisoblanadi
🏠Koʻp qavatli uylarning kirish yoʻlaklaridagi eshiklarni soz holatda saqlash, ularga maxsus moslama (prujina) oʻrnatish, ta’mirtalab oynalarni butlash yoki ularni zamonaviy plastik romlarga almashtirish orqali uylarning kirish yo’laklarida me’yoriy issiqlikni saqlash imkonini beradi.
❗️Shularni inobatga olgan holda Farg’ona shahar Qirguli mavzesida joylashgan ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatuvchi “Bek asr servis”, “Max bunyodkor”, “Adolat kommunalchi” boshqaruv kompaniyalari tomonidan nosoz eshiklar ta’mirlanib, eski oynalar plastik romlarga almashtirilmoqda.
😀 Shuningdek dispetcherlik xizmati tomonidan, ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolarning murojaati bo‘yicha yerto‘lalardagi quvurlarning muzlashi natijasida yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etilmoqda.