📍 Boysunda bunyod etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massividagi mavjud muammollar o‘rganildi
Boysun tumani “Mustaqillik” mahallasi hududida aholining uy-joy sharoitini yaxshilash, hududlarda zamonaviy shaharsozlik talablari asosida ko‘p qavatli uy-joylar, ijtimoiy soha va infratuzilma obyektlarini o‘z ichiga olgan “Yangi O‘zbekiston” massivi bunyod etilmoqda. Mas’ullar ishtirokida ushbu massivda olib borilayotgan ishlar va mavjud muammolar o‘rganildi.
➡️Foydalanishga topshirish muddati o‘tib ketgan bo‘lsa-da, turar joylar qurilishi haligacha yakunlanmagan. Massiv yaqinida namunaviy loyihalar asosida qurilishi olib borilayotgan bir qavatli turar-joylarning bunyod etilishida shaharsozlik normalariga rioya qilinmagan, hudud bosh rejasiga ko‘ra xiyobon tashkil etilishi belgilangan maydonning bir qismida ham uy-joylar qurilgan. Yangidan tashkil etilayotgan xiyobonda daraxtlar sifatsiz ekilgan, mavjud attraksionlar esa zamon talablariga javob bermaydi.
✅ Shu bois tuman hokimiga xiyobonni sifatli tashkil etib, zamonaviy attraksionlar o‘rnatish vazifasi yuklatildi. Berilgan topshiriqlar ijrosi nazoratga olinib, muddatida ijrosini ta’minlamagan rahbarlarga nisbatan qat’iy intizomiy jazo choralari ko‘rilishi belgilandi. Boysun tumani infratuzilmasini yaxshilash, yo‘llarni ta’mirlash va boshqa loyihalar taqdimotlari bilan ham tanishilib, har bir loyiha batafsil o‘rganildi, tegishli taklif hamda tavsiyalar berildi.