✔️ Ko‘p qavatli turar-joy binolari loyihasi bilan tanishildi.
Kecha mutasaddilar Termiz shahri “Turon” mahallasi Shimoliy darvoza ko‘chasida joylashgan 8-uydagi mavjud holatlar bilan tanishdi. Mas’ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish topshirig‘i berildi.
🟠 Shundan so‘ng shahar hududidagi ko‘p qavatli turar-joy binolarining fasad qismini bo‘yash, zamonaviy holatga keltirish bo‘yicha berilgan topshiriqqa asosan ishlab chiqilgan loyihalar bilan tanishildi.
Ishlarni sifatli amalga oshirish va binolar fasadini zamonaviy ko‘rinishga keltirish bo‘yicha mutaxassislarning tavsiyalari inobatga olinib, ushbu yo‘nalishdagi chora-tadbirlar belgilab olindi.