🕹 Jizzax viloyati qurilish va kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyasi xodimlari tomonidan Jizzax shahar “Bobur” MFY hududida joylashgan xorijiy tillar o‘quv markazi binosining qurilish ishlari o‘rganildi.
⏺Natijada obyektda quyidagi kamchiliklar aniqlandi:
🗄 Mavjud temir beton kalonnalarning homutlari ishchi loyiha talablari bo’yicha bajarilmagan;
🗄 Obyektda qurilishning pasporti o’rnatilmagan;
🗄 Ish yuritish jurnallari to’liq yuritilishi ta’minlanmagan;
🗄 Armaturalar qarovsiz qoldirilib, omborxonaga joylanmagan;
🗄 Energiya samaradorligi va muqobil energiya texnologiyalari hamda energiya tejamkorlik chora-tadbirlari ko‘zda tutilmagan.
📎 Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan inspeksiya xodimlari tomonidan tegishli ko’rsatmalar berilib, kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar obyektda qurilish-montaj ishlari vaqtincha to’xtatildi.