• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Hududlardan xabarlar

Fev 8, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

↖️Namangan viloyati Davlatobod tumani “Xalqlar do‘stligi”, “Umid”, “Yangi tong”, “Istiqlol” va “Davlatobod” mahallalaridagi 197 ko‘p qavatli uyni issiqlik bilan taʼminlash maqsadida “Xalqlar do‘stligiMFY hududida RK-2 qozonxonasini qurish hamda uylarning ichki tarmog‘ini montaj qilish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur ishlarni kunlik monitoring qilish bo‘yicha alohida ishchi guruh shakllantirilib, yuzaga kelgan muammolarni o‘rnida bartaraf etish choralari ko’rilmoqda.

☀️ Hozirda “Xalqlar do‘stligi” MFY da 40 ta ko‘p qavatli uyning yerto‘lasiga “O‘zgidro qurish montaj” AJ tomonidan issiqlik taqsimlash punktlari o‘rnatildi hamda yerto‘lalardagi yotiq va tik quvurlarni almashtirish ishlari 98 foizga bajarildi.