✅ Fargʻona shahridagi 15 ta koʻp qavatli uyning tom qismi mukammal taʼmirlandi.
Fargʻona shahri “Sharof Rashidov” mahallasidagi 40 ta koʻp qavatli uyga xizmat koʻrsatuvchi “Fotih davr servis” boshqaruv kompaniyasi tomonidan uylarning tom, kirish yoʻlaklari va yertoʻla qismlaridagi muhandislik tarmoqlari taʼmirlanib, energiya tejamkor yoritish moslamalari oʻrnatildi.
Fuqarolarga sifatli kommunal xizmatlar koʻrsatish maqsadida 24/7 rejimida faoliyat koʻrsatuvchi dispetcherlik xizmati tashkil etilib, qo’shimcha ravishda 40 turdagi kommunal xizmatlar koʻrsatilmoqda.
– Mazkur uyda 23 yildan buyon istiqomat qilamiz, har yomgʻir, qor yoqqanda xuddi ichimizga yoqqandek boʻlar edi, boshqaruv kompaniyasiga rahmat, tomlarimiz butkul yangilandi, – deydi nafaqadagi oliy toifali o’qituvchi Odinaxon Umaraliyeva.