• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Hududlardan xabarlar

Fev 13, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

➡️ BSKlarda yil hisoboti va taqdimot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Buxoro viloyatida tasdiqlangan reja-jadvalga asosan boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlari tomonidan 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, mulkdorlardan yig‘ilgan majburiy badallarning qanday ishlarga sarflanayotganligi hamda 2023-yilda belgilab olingan vazifalar bo‘yicha mulkdorlar oldida hisobot berish tartibi yo‘lga qo‘yildi.

Hisobot yig‘ilishning birinchi kunida “Buxoro kommunal servis” va “Gold Rohat Gulira’no” BSKlari rahbarlari mulkdorlar oldida hisobot berib, aholining murojaat hamda takliflarini tingladilar, shuningdek joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan rejalar taqdimotini o‘tkazdilar. Bunday tadbirlar boshqa BSKlar tomonidan ham amalga oshirilishi rejalashtirilgan.