➖ Respublika ishchi guruhi Navoiy viloyatida!
2023-yil Investitsiya dasturiga kiritilgan obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini sifatli ishlab chiqilishi ustidan birlamchi o’rganish ishlari olib borilayotgani haqida xabar bergan edik.
❗️Ayni vaqt Navoiyda bo’lib turgan Respublika ishchi guruhi tomonidan obyektlarni
• namunaviy loyiha talablari asosida ishlab chiqilganligi;
• loyiha tarkibi;
• energiya tejamkorlik samaradorligi bo’yicha texnik yechimlari va pardozbop materiallarni qo’llash masalalari, shu jumladan, binolarning tashqi devorlari, pol va tom qismlarini issiqlik izolyatsiyalovchi materiallar bilan qoplanishi, kirish yo’laklariga harakat sezuvchi sensorlar o’rnatilganligi va boshqa qator jihatlar yuzasidan birlamchi o’rganish ishlari olib borilmoqda.