🟡 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jizzax viloyatida 2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash to‘g‘risida” 2022-yil 25-oktabrdagi 408-son qaroriga ko‘ra ko‘p kvartirali uy-joylarni mukammal taʼmirlash uchun “ERGO-HOUSE” MCHJ pudrat tashkiloti jalb qilingan.
🟢Ushbu pudrat tashkiloti tomonidan 67 ta ko‘p kvartirali uylarning (“Ittifoq” MFYda 32 ta, “Yoshlik” MFYda 35 ta) 73,7 ming m kv tom qismini yopish, 288 ta temir eshiklarga kodli qulflar o‘rnatish va kirish yo‘laklaridagi framuga oynalarini yangilash, 35 ta uyning fasad qismini va kirish yo‘laklarini taʼmirlash hamda 32 ta uyning muhandislik kommunikatsiya tarmoqlarini almashtirish vazifasi yuklatilgan bo‘lib, bugungi kunda pudrat tashkiloti tomonidan taʼmirlash-tiklash ishlari jadal tarzda davom etmoqda.