🏗To‘rtko‘l tumanidagi “Shodlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 6 ta ko‘p qavatli uylar qurilishi olib borilmoqda
▶️Buyurtmachi “Qishloq qurilish invest” IK MChJ ga tegishli 4 ta 5 qavatli 30 ta xonadon va 2 ta 4 qavatli 32 ta xonadonli uy-joylarning qurilish ishlari tumandagi “Binokor”, “Sho‘raxon qurilish”, “To‘rtko‘l Building”, “Import Eksport”, “To‘rtko‘l agrotemiryo‘l ta’mir” MChJ quruvchilari tomonidan olib borilmoqda. Ayni paytda qurilish ishlarining bajarilishi 90 foizdan oshgan. Shuningdek, turar joy atrofiga bolalar maydonchasi, dam olish o‘rinlari va manzarali daraxtlar o‘tkazilishi nazarda tutilgan. Eng asosiysi yaqin kunlarda uy-joyga muhtoj ko‘plab oilalarning yangi uylarga ko‘chib borishdek orzusi amalga oshadi.