• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Hududlardan xabarlar

Fev 27, 2023 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

☁️ Farg’ona: 2023-yil Investitsiya dasturiga kiritilgan obyektlar Respublika ishchi guruhi tomonidan o’rganilmoqda!

🔍 O’rganish ishlari davomida obyektlarning:

— loyiha topshirig’i;
— namunaviy loyihalar asosida bajarilganligi;
— arxitektura va konstruktiv yechimlari;
— energiya samaradorligi va tejamkorligi, xususan, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, issiqlik izolyatsiya qoplamalaridan foydalanilganligi;
— isitish tizimi;
— mahalliy qurilish materiallaridan keng foydalanilganligi singari muhim jihatlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ma’lumot uchun, hududlarda birlamchi o’rganish ishlarini olib borayotgan Respublika ishchi guruhi tomonidan loyiha-smeta hujjatlarining sifatli ishlab chiqilishi, o’z vaqtida ekspertizadan o’tkazilishini ta’minlash, “Shaffof qurilish” MAT orqali loyiha va pudrat tashkilotlarini aniqlashni tezlashtirish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berib kelinmoqda.